Bepul boshlash →
Bosh sahifaBiznes Tahlil

Marketplace yoki o‘z onlayn do‘koningiz: 2026-yilda qaysi biri yaxshiroq?

Marketpleysda sotish qulay tuyuladi, lekin har oy topgan daromadingizning 25-35% ini komissiya va shtraf sifatida berib yuborishga tayyormisiz? 100 million so'mlik aylanmada qancha sof foyda qolishini hisoblab chiqamiz.

Har bir savdo bilan shug'ullanuvchi tadbirkor hayotida bir kun kelib savol tug'iladi: 'Marketpleysda qolaymi yoki o'z shaxsiy onlayn do'konimni ochaymi?'. Keling, his-tuyg'ularni chetga surib, quruq raqamlar va iqtisodiy mantiq bilan hisob-kitob qilamiz.

100 000 000 so'mlik oylik aylanma bo'yicha real daromad hisob-kitobi

Ko'rsatkichMarketpleysda sotgandaShaxsiy OnSavdo do'konida
Oylik Savdo Aylanmasi100 000 000 so'm100 000 000 so'm
Platforma Komissiyasi (o'rtacha 20%)-20 000 000 so'm (Yo'qotish!)0 so'm (0% komissiya)
Logistika va Qaytarish xarajatlari-8 000 000 so'm-5 000 000 so'm (To'g'ridan-to'g'ri kuryer)
Platforma oylik to'lovi0 so'mArzon qat'iy tarif (~200-300 ming so'm)
Mijozlar bazasi (Telefon raqamlari)0 ta (Marketpleys bermaydi)1000+ ta sizning shaxsiy mijozingiz
Qo'lda qoladigan sof foyda:~12 000 000 so'm~30 000 000 so'm (+150% ko'proq!)

Marketpleysning 3 ta eng katta xavfi

  • 1. Shavqatsiz Narxlar Urushi (Dumping)
    Siz tovaringizni 200 000 so'mga qo'yasiz. Ertasi kuni boshqa bir sotuvchi xuddi shu tovarni 180 000 so'mga qo'yadi va sizning sotuvingiz 0 ga tushadi. O'z do'koningizda esa siz brend qadrini sotasiz.
  • 2. Siz mijoz bazasiga ega emassiz
    Marketpleysdan olgan odam sizning emas, marketpleysning mijozi. Siz unga keyingi oy yangi tovaringizni sota olmaysiz. Shaxsiy do'konda esa har bir xaridor bilan mustahkam aloqa o'rnatasiz.
  • 3. Bir kechada bloklanish yoki qoidalar o'zgarishi
    Marketpleys xohlagan paytda komissiyani oshirishi, qabul qilish shartlarini qiyinlashtirishi yoki do'koningizni to'xtatib qo'yishi mumkin. Shaxsiy OnSavdo do'koni esa 100% sizning shaxsiy mulkingizdir.
Eng aqlli gibrid strategiya
Marketpleysdan faqat ortiqcha tovar qoldiqlarini tugatish uchun foydalaning, asosiy yuqori marjali savdoni va sodiq mijozlar bazasini esa shaxsiy OnSavdo do'koningizda quring!
Shaxsiy do'konga mijozni qanday olib kelaman?
Instagram Reels, TikTok videolari, Telegram kanallari va og'izdan-og'izga (sarafanniy radio) marketing orqali. Bir marta kelgan mijoz keyinchalik doim sizdan sotib oladi.
OnSavdo da ochsam, tovarlarni yetkazib berish qanday bo'ladi?
Siz Toshkentda Yandex/kuryerlar, viloyatlarga BTS/Fargo orqali to'g'ridan-to'g'ri jo'natasiz. Yetkazish narxini xaridor hisobiga avtomatik qo'shish mumkin.

O'z biznesingizning to'liq xo'jayini bo'ling

Birovning platformasiga 25% komissiya to'lashni to'xtating. OnSavdo bilan o'z mustaqil onlayn do'koningizni bugun bepul oching.

Do'konni bepul ochish